Telegram Group Search
Bu Londonning qoq markazidagi — Hyde park. Shahar tashqarisida emas, shundoq kindigida.

Maydoni 140 gektar.

Eh, inglizlarga ham hayronman, daraxtlarni kesib, bog’ ichida qaaancha uy qursa bo’lardi-ya.

Yoki London meri “bunaqa katta bog’ni asrab-avaylash mening qo’limdan kelmaydi” degan kulgili bahona bilan, xususiy sheriklik asosida tadbirkorga berib, hammayoqni attraksionga va savdo nuqtalariga to’ldirsa bo’lardi-ya.

Kallasi ishlamaydi bularning. Baribir biznikilarning bilgani bilgan.


🔘@xushnudbekuz
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi)

O‘Genri. Yozilmagan hikoya

Izoh: Dunyoni o’zgartirish umidida katta shaharga kelgan yigit hikoyasi. U bu hikoyani bir necha dollarga sotmoqchi bo’ladi.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/ogenri-yozilmagan-hikoya

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/FDIfZ6TVebk

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


🔘 @xushnudbekuz
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 40 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Javlon Jovliyev. Buxoro, Buxoro, Buxoro...

Izoh: Yozuvchi Javlon Jovliyevdan hikoya. Buxorodan Qobilga ko‘chib ketgan oilaning ayanchli taqdiri haqida...

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/javlon-jovliyev-buxoro-buxoro-buxoro

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/HCklSK7P7lw

🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


🔘 @xushnudbekuz
❗️RASMIY: “Hisorak” suv omboriga shikast yetmagan FVV bayonoti

Bugun, 10-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan “Hisorak GES” UK boshqarmasiga qarashli “Hisorak” suv ombori to‘g‘onining chap tarafidan qo‘shimcha tunnel ochish maqsadida olib borilayotgan muhandislik texnik tadbirlari vaqtida suv sizib chiqishi holati kuzatilgan.

Avariya oqibatini bartaraf etish maqsadida “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi rahbarligida viloyat hokimi, FVB, IIB boshliqlari va boshqa mutasaddi tashkilotlardan iborat tezkor shtab tuzilib, maxsus texnikalar yordamida barcha zarur muhandislik tadbirlari olib borilmoqda.

Holat Favqulodda vaziyatlar vazirligi nazoratida. Suv omboriga shikast yetmagan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Hurmatli fuqarolar, ortiqcha xavotirga oʻrin yoʻq. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan.


🔘 @xushnudbekuz
⚡️ Rasman: Qurbon hayiti 2024-yil 16-iyun, yakshanba kuni nishonlanadi

***

Qurbon hayiti bayramida necha kun dam olinadi?


JAVOB: Prezident qaroriga ko’ra, olti kunliklar 3 kun, besh kunliklar 4 kun dam olishadi.

15-iyun, shanba — 5 kunliklar uchun DAM OLISH, 6 kunliklar uchun ISH KUNI;

16-iyun, yakshanba — Qurbon hayiti;

17-iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);

18-iyun, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni (Prezidentning 22.12.2023-yildagi PF-213-sonli farmoniga asosan).


🔘 @xushnudbekuz
Fanlar majmuasi 2024-2025 (yangilangan).pdf
545.7 KB
Yangilangan fanlar majmuasi tasdiqlandi. O'zgarishlar bor
#abituriyent

2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari maqbullashtirilib, ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi qayta tasdiqlandi.

5-iyundan boshlangan qabulda faqat fanlar majmuasi tanlanyapti xolos. Bunday vaziyatda ko’plab abituriyentlardan “men falon fanlarni tanlasam, bu kelgusida qaysi yo’nalishlarga to’g’ri keladi?”, degan savollar kelib tushmoqda.

Buni bilish uchun yuqoridagi faylda ko'rsatilgan fanlar majmuasi bilan tanishib chiqing.

Avvalgi fanlar majmuasida 573 ta yo'nalish mavjud edi. Yangisida 198 ta yo'nalish ro'yxati tasdiqlangan. Demak, maqbullashtirish natijasida 375 ta yo'nalish yoki birlashtirilgan, yoki qisqartirilgan.


🔘 @xushnudbekuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 20 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Abdulla Qahhor. Kartina

Izoh: Kolxoz haqida kartina olishmoqchi ekan, shahardan mehmonlar kelgan. Kartina qanday yoki nima haqida boʻlishi hammani qiziqtiryapti, oʻylantiryapti. U ham chiroyli, ham oddiy, ham haqqoniy boʻlishi kerak, xuddi qishloq odamlariga oʻxshab.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/abdulla-qahhor-kartina

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/RmFOi3zOLwA

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


🔘 @xushnudbekuz
Bugun ilk marotaba o'tkazilgan UzChess Cup-2024 superturnirida g'oliblar aniqlandi. Taqdirlash marosimiga meni ham taklif qilishdi.

Jahonning TOP shaxmatchilari qatnashgan turnirni o'ta yuqori saviyada o'tkazgani uchun Shaxmat federatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, UzChess jamoasi va boshqa barcha tashkilotchilarga shunchaki qoyil va barakalla.

Masters guruhida Nodirbek Yakubboyev chempion, Nodirbek Abdusattorov 2-o'rinni egallagan bo'lsa, Challengers guruhida Shamsiddin Vohidov chempion bo'ldi. Futures guruhida esa Saidakbar Saydaliyev 3-o'rinni egalladi. Ularga ham barakalla deymiz!


🔘@xushnudbekuz
2024/06/14 19:22:53
Back to Top
HTML Embed Code: